

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "International Summer School 2026" doirasida International Ideathone Contest tashkil etildi.
Tailanddan tashrif buyurgan Walailak universiteti hamda TATU talabalari birgalikda Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi dotsenti A.Berdiyev kordinatorligida zamonaviy IT va STEM yo‘nalishlarida innovatsion g‘oyalar ustida ishladilar.
Shuningdek, talabalarga TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi. Jamoalar sun’iy intellekt, IoT, kiberxavfsizlik, smart texnologiyalar, raqamli yechimlar va boshqa ilg‘or yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini ishlab chiqdilar.
Ideathone formati ishtirokchilarga nafaqat kreativ fikrlash, balki muammoni tahlil qilish, ilmiy asoslangan yechim taklif etish, jamoada ishlash va g‘oyani taqdimot orqali samarali yetkazish imkonini berdi.
Eng yaxshi loyiha taqdim etgan talabalar maxsus sertifikat hamda sovg‘alarga ega bo‘ldilar.