Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Avstriyaning Klagenfurt universiteti tomonidan tashkil etilgan "Tag der offenen Tür" tadbirida ishtirok etdilar.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Avstriyaning Klagenfurt universiteti tomonidan tashkil etilgan "Tag der offenen Tür" tadbirida ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir 30 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tib, universitetning o‘quv va tadqiqot jarayonlarini yaqindan o‘rganish imkonini yaratdi. Kriptologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Axmedova va AKT sohasida iqtisodiyot kafedrasi tayanch doktoranti S.Nabiyev Klagenfurt universitetining kriptografiya, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, fan dasturlari hamda robototexnika sohasidagi laboratoriya tadqiqotlari bilan tanishdilar.

🤝 Xalqaro tajriba almashinuvi va ilmiy hamkorlikni kengaytirish TATUning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✈️ @tuituz_official