Universitet rahbariyati va talabalari o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi

  • Asosiy
  • Universitet rahbariyati va talabalari o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi

Joriy yilning 24-mart kuni talabalarni qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va kelgusi faoliyatlariga doir fikr hamda mulohazalarni almashish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

✅Unda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J. Sultanov, Kiberxavfsizlik, Dasturiy injiniring, Televizion texnologiyalar fakultetlari dekanlari boshchiligidagi kafedra mudirlari, yetuk professor-o‘qituvchilar, Ta’lim bo‘limi va Talabalar registratori ofisi rahbarlari ishtirok etdi.

📝 Ochiq muloqotda universitetda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar, ta’lim tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan o‘zgarishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari tinglanib, qo‘llab-quvvatlandi.

✈️@tuituz_official