


Universitet delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi davom etmoqda
🇬🇧Universitet delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida yana bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
🎓 Xususan, Ulster universitetiga tashrif davomida “Computing, Engineering and Intelligent Systems” fakulteti rahbari professor Jim Harkin boshchiligidagi jamoa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda PhD dasturlari uchun grantlar ajratish, cotutelle dasturini yo‘lga qo‘yish hamda computer science va game development yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🤖 Shuningdek, delegatsiya universitetning robototexnika, muhandislik, neyrotexnologiyalar va VR texnologiyalari bo‘yicha ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, kutubxonalari hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.
🤝 Tashrif doirasida London shahridagi Queen Mary universiteti bilan ham muhim uchrashuv tashkil etildi. “Science and Engineering” yo‘nalishidagi SEMS – School of Engineering and Materials Science fakulteti hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ullar bilan muzokaralar olib borildi.
👨🏫 Uchrashuvda professor Alexander Clark, doktor Jae-Hwan Park va professor Arsen Abdulali ishtirok etib, hamkorlikning dastlabki bosqichida PhD dasturlari bo‘yicha tadqiqotchilarni qabul qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔬 Tashrif davomida “Chip design”, “Robotics” va “Material Design” kabi ilg‘or laboratoriyalar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxonalar hamda yangi o‘quv binolari bilan ham yaqindan tanishildi.
📊 Ma’lumot uchun, Queen Mary universiteti QS reytingida 110-o‘rin, THE reytingida 134-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Ulster universiteti TOP-600 talikdan joy olgan.