UniMAP bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  • Asosiy
  • UniMAP bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) Intelligent Computing fakulteti dekani, Prof. Dr. Azremi Abdullah Al-Hadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

✅Tashrif doirasida mehmon universitetning o‘quv va ilmiy faoliyati, so‘nggi yillarda tashkil etilgan zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, situatsion markaz hamda boshqa infratuzilma obyektlari bilan yaqindan tanishdi.

📊 Shuningdek, xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan TATUning ta’lim jarayoni, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari va rivojlanish strategiyasiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.

🎓 O‘z navbatida, Prof. Dr. Azremi Abdullah Al-Hadi UniMAP universitetining tashkil topish tarixi, boshqaruv va fakultetlar tuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion loyihalari hamda xalqaro hamkorlik tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Taqdim etilgan ma’lumotlar ikki universitet o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi.

🤝 Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida axborot texnologiyalari, energetika, elektronika, metrologiya, sun’iy intellekt (SI) va ularga yondosh yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
• qo‘shma ilmiy loyihalar,
• professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi,
• qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish,
• xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

💬 Suhbatlar samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar kelgusida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

👥 Mazkur uchrashuvda:
• Televizion texnologiyalar fakulteti dekani Nazirova Elmira Shodmonovna,
• Radio va mobil aloqa fakulteti dekani Sattarov Xurshid Abdishukurovich,
• “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi mudiri Eshmuradov Dilshod Elmuradovich,
• “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi mudiri Narzulloyev Oybek Mirzayevich
hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

❗️Mazkur tashrif TATUning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.