2020-yil 15-oktabr kuni "ERASMUSDAYS" haftaligi davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UNICAC loyihasi doirasida onlayn seminar oʻtkazildi. Seminarda universitet xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi J.Sultonov, universitet "UNICAC" loyihasi ishtirokchilari: A.Yusupov, Sh.Ismoilov, D.Mirzayev, Sh.Xolmonov, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori R.Shirinova va OʻzMU UNICAC loyihasi ishtirokchilari, "ERASMUS+"ning Oʻzbekistondagi vakili G.Karlibayeva, Buxoro Davlat universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori A.Joʻrayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalqro aloqalar boʻlimi boshligʻi J.Abdujalilov hamda Respublikamizning bir nechta oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari qatnashishdi.
Seminar davomida Oʻzbekiston universitetlari, jumladan, TATUni xalqarolashtirish strategiyasi muhokama qilindi.
Ushbu strategiya onlayn seminar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi. Seminar muzokaralarga boy va juda mazmundor shaklda oʻtkazildi.