Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI GreenMetric World University Rankings Xalqaro reytingida

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI GreenMetric World University Rankings Xalqaro reytingida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI GreenMetric World University Rankings Xalqaro reytingida TOP universitetlar qatorida 638-o‘rinni egalladi.


UI GreenMetric World University Rankings - bu yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni ilgari surish va rivojlantirish orqali energiya va yashil transportni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro reytingdir.
Ushbu reytingda Universitetmizning yuqori natijaga erishganligi ortida so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot, ta’lim va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlarning samarasi hisoblanadi. Reyting jahonning Isidro Aguillo (Webometrics), Angela Yung-Chi Hou (HEEACT), and Alex Usher (Educational Policy Canada) kabi yetakchi ekspert hulosalari asosida tuzilgan bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra Garvard, Chikago va Kopengagen universitetlari o‘z o‘rinlarini yaxshilab kelmoqdalar.
Ushbu xalqaro reytingning mohiyati va maqsadi har yili barqarorlik bo‘yicha Jahon universitetlari reytingini tashkil etish, butun dunyodagi universitetlarda barqarorlik amaliyotini rag‘batlantirish, butun dunyodagi universitetlar uchun barqarorlik bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etish va barqarorlik bo‘yicha xalqaro hamkorlikka ko‘maklashish hisoblanadi.