Turon tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Turon tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

2026-yil 4-aprel kuni Jizzax politexnika institutida “Sun’iy intellekt davrida milliy o‘zlikni anglash: Turon tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Jismoniy tarbiya va gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt davrida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni asrab-avaylash hamda zamonaviy rivojlanish jarayonlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, universitetimiz vakillari konferensiya doirasida respublikamiz hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan ilmiy muloqot olib borib, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar.

Ushbu konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi.