So‘nggi kunlarda talabalarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda Telegram-botimizga Talabalar turar joylari (TTJ) bo‘yicha eng ko‘p yo‘llangan savollarga javoblar (FAQ):
Savol:Talabalar turar joyiga (TTJ) arizani qanday yuborish mumkin?
Javob:Arizalar faqat my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.
Savol: TTJ uchun arizalar qachondan qabul qilinadi?
Javob: Arizalar 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
Savol:TTJga kimlar birinchi navbatda joylashtiriladi?
Javob:Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan imtiyoz va ustuvorlik mezonlariga ega talabgorlar birinchi navbatda joylashtiriladi.
Savol:Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun o‘rinlar qanday taqsimlanadi?
Javob:Bo‘sh o‘rinlarning 55–65 foizi 1-bosqich, 15–20 foizi 2-bosqich, 20–25 foizi esa 3-bosqich va undan yuqori kurs talabalariga ajratiladi.
Savol:Arizam ijobiy ko‘rib chiqilsa, keyingi jarayon qanday bo‘ladi?
Javob:Arizangiz ijobiy ko‘rib chiqilgach, my.gov.uz portali orqali elektron ijara shartnomasi hamda Talabalar turar joyiga joylashish yo‘llanmasi taqdim etiladi.
Savol:2026–2027-o‘quv yilida TTJ uchun qancha to‘lov amalga oshiriladi?
Javob:Bir oylik ijara to‘lovi 368 000 so‘m etib belgilangan. Elektron shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida talaba bir o‘quv yili uchun umumiy ijara to‘lovining 50 foizini, ya’ni 1 840 000 so‘mni to‘lashi shart.
Savol:TTJ uchun to‘lovni qayerdan amalga oshirish mumkin?
Javob: To‘lov elektron shartnomada ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida bank ilovalari, bank kassalari yoki boshqa mavjud elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Savol:1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar TTJ uchun qachon ariza yuborishi mumkin?
Javob:Yakuniy qabul natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.