Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etildi

  • Asosiy
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etildi

13-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilgʻor muhandislik maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi.

“Tarmoq–korxona–oliygoh” integratsiyasini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kompleks mahalliy va xorijiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalari hamkorligida tashkil etilgan 14 ta laboratoriyadan iborat.

Mazkur Ilgʻor muhandislik maktabida soha korxonalarida kafedralar filiallari va dual taʼlimni tashkil etish orqali amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim rivojlantiriladi, mahalliylashtirish va tan narxni pasaytirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi. Shuningdek, soha korxonalarining ishlab chiqarish/xizmat koʻrsatish liniyalari universitetda Spin-off sifatida yoʻlga qoʻyiladi.