Sun’iy intellekt ya’ni AI - bu nima, u qanday ishlaydi, kino, televideniya va fotografiyada sun’iy intellekt yordamida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini qanday oshirish mumkin?
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Media markazida TMT kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan AI 01.04.2024 yil mavzusida uchrashuv-suhbati bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda TMT bo‘limi xodimlari: Botir Bazarbayev – O‘zbekiston va Rossiya Kinematograflar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, Natalya Yusupova, Farux Saidovlar ishtirok etdilar.
💬 Universitetimizda ta’lim olayotgan yoshlar uchun sun’iy intellektning mohiyati nimadan iboratligi, suratga olish va televideniya uchun suratga olish jarayonida sun’iy intellektdan qanday foydalanish, sun’iy intellekt yordamida ramka tarkibi, kompozitsiya, fokuslash, ranglarni to‘g‘rilash va yoritishda ishlatilishi mumkinligi, sun’iy intellekt yordamida suratga olishda ovoz yozishning nozik jihatlari haqida Batir Zholdasovich Bazarbaev tomonidan maxsus ma’ruza tashkil qilindi.
Ma’ruzachilar master-klass ko‘rsatib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi va uchrashuv so‘nggida talaba-yoshlarning savollariga javob berishdi, kino va televideniya mutaxassislari uchun sun’iy intellektning foydalari haqida qator ma’lumotlar berishdi.