TATU texnika fanlari doktori va Qarshi filiali katta oʻqituvchisi “The best young scientist-2020” tanlovida 1- darajali diplom va medal bilan taqdirlandi

  • Asosiy
  • TATU texnika fanlari doktori va Qarshi filiali katta oʻqituvchisi “The best young scientist-2020” tanlovida 1- darajali diplom va medal bilan taqdirlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter injiniringi” fakulteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi mudiri t.f.d. E.Sh.Nazirovaning shogirdi Nurjabova Dilafruz joriy yilning 17-18-mart kunlari Qozogʻiston Respublikasining Nur -Sulton shahrida boʻlib oʻtgan “The best young scientist-2020” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan hamda Qozogʻiston  “BOBEK”  umumilliy harakati, Qozogʻiston olimlar Kongress tomonidan tashkil etilgan tanlovda qatnashdi va 1- darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi, shuningdek, Nurjabova Dilafruzning ilmiy tadqiqotida oʻzining maslahatlari bilan yaqindan yordamini  berib kelayotgan TATU t.f.d. Elmira Nazirova “Tashukkurnoma”  bilan taqdirlandi.

Pandemiya sababli diplom, medal, tashakkurnomalar xodimlarimizga yaqinda topshirildi. 

Ushbu tanlovda D.Nurjabova oʻzining erishgan yutuqlari va ilmiy tadqiqot ishi hamda “My achievements  in the life” nomli esse-maqolasi bilan ishtrok etdi.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston yosh olimlariga va yoshlariga  yaratib berilgan sharoitlar, ilmiy tadqiqot davomida bosib oʻtilgan yoʻl haqida takidlab oʻtiladi. Shuningdek, D.Nurjabova “Разработка математической модели и программное обеспечение кровообращения в сердечно-сосудистой системе” nomli ilmiy tadqiqotining dolzarbliligini hamda ilmiy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan.

Ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy kordilogiya masalalari va matematik modellashtirishning murakkab tomonlari boʻlgan qanday matematik model haqida ma’lumotlar keltirib o‘tgan. Yurak-qon tomir kasalliklari uchun yaratilgan ushbu model kelajakda tibbiyot sohasida katta oʻzgarishlarga yordam bersa ajab emas.

Bundan tashqari, D.Nurjabova xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilagan, dasturchi  qizlarni qoʻllab quvvatlash maqsadida gender masalariga qarshi kurashish uchun  Rossiyaning “Go IT Girls” marafonida  oʻzining ilmiy tadqiqoti bilan ishtrok etdi. Qizgʻin bahs olgan marafon doirasida qizlar va ayollar zamonaviy dasturlashtirish tillari, raqamli marketing hamda zamonaviy dizaynerlik kurslarida tahsil olishdi. Kurs davomida D.Nurjabova  dastruiy mahsulot yaratish va uni Skram texnologiyalari orqali boshqarish koʻnikmalariga ega boʻldi.

Darslar Rossiyaning eng mashhur IT kompaniyalarning dasturchilari va eksperlari tomonidan olib borildi. Natijada gʻolib boʻlgan qizlar sertfikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar hamda keyingi bosqich kurslarida katnashish uchun yoʻllanmani qo‘lga kiritishgan. 

TATU matbuot xizmati