Texnikumlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Texnikumlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet huzuridagi texnikumlar (Bo‘ka tuman politexnikumi, Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi, Toshkent tuman 2-son politexnikumi, Respublika televideniye va radio texnikumi va Chilonzor tuman 1-son politexnikumi) rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening doirasida texnikum rahbarlari TATUda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, universitet rektori B.Maxkamov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda kelgusida hamkorlikda bajariladigan ishlar muhokama etildi. Tadbir yakunida universitet va texnikumlar o‘rtasida bajariladigan ishlar yuzasidan memorandum imzolandi.