2025-yil 25-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida Hindistonning Jodhpur shahrida joylashgan “Hindiston texnologiyalar instituti” professori, shu bilan birga “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasida xorijiy professor sifatida faoliyat olib borayotgan Dr. Das Debasis tomonidan “Quantum Technology and Generative Artificial Intelligence based Communication and Networking”

  • Asosiy
  • 2025-yil 25-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida Hindistonning Jodhpur shahrida joylashgan “Hindiston texnologiyalar instituti” professori, shu bilan birga “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasida xorijiy professor sifatida faoliyat olib borayotgan Dr. Das Debasis tomonidan “Quantum Technology and Generative Artificial Intelligence based Communication and Networking”

2025-yil 25-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida Hindistonning Jodhpur shahrida joylashgan “Hindiston texnologiyalar instituti” professori, shu bilan birga “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasida xorijiy professor sifatida faoliyat olib borayotgan Dr. Das Debasis tomonidan “Quantum Technology and Generative Artificial Intelligence based Communication and Networking” mavzusida seminar tashkil etildi.

✅Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Seminarda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan quyidagi mavzular yoritildi:
• kvant texnologiyasi va generativ sun’iy intellektning tarmoqlarda qo‘llanilishi;
• kvant texnologiyasi va sun’iy intellekt asosida ishlovchi IoT tarmoqlari;
• sun’iy intellektga asoslangan keyingi avlod 6G tarmoqlarining istiqbollari;
• VANET va IoV texnologiyalarining qo‘llanilishi.

📝 Shuningdek, professor Hindiston texnologiyalar institutining fan yo‘nalishlari bo‘yicha reyting darajalari, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari hamda olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

Professor Das Debasisning ilmiy maqolalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
⛓ SCOPUS: Scopus profili (https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57210985387)
⛓ Google Scholar: Google Scholar profili (https://scholar.google.com/citations?user=_MjXvxQAAAAJ&hl=en)

✈️@tuituz_official