

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi CityNet internet provayderi hamkorligida “Abonent kirish tarmoqlari hamda internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayder texnologiyalari” nomli yangi kurs tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari haftaning shanba kuni,
402A-xona,
2–3-juftlik soatlarida o‘tkaziladi.
Kurslarga yozilish uchun:
Tel +998 90 167 64 29
Telegram @mubarak01_12
2026-yil 28-fevral kuni kursning birinchi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Kurs davomida talabalar:
Real internet provayder tarmog‘ining tuzilishi;
“Last Mile” texnologiyalari;
CityNet mutaxassislari bilan real ISP tajribasi asosida ishlash;
O‘qishni tugatgach, ISP tarmog‘ini mustaqil sozlay olish;
ISP sohasida ishlash uchun tayyor mutaxassis darajasiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha talabalarni ushbu kursga taklif etamiz!