TATUuda foto va video ishlanmalar kurgazmasi

  • Asosiy
  • TATUuda foto va video ishlanmalar kurgazmasi

Joriy yilning 23 – 25 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Televizion texnologiyalari” fakultetining iqtidorli talabalari o‘rtasida "Mening Vatanim, mening shahrim, mening universitetim” foto va video ishlanmalar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 25 dekabrdagi 335-son buyrug‘i bilan amalga kiritilgan dastur doirasida tashkil etildi.
Bugungi kunda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Televizion texnologiyalari” fakultetida 600 ga yaqin talabalar "Televizion texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishining "Audiovizual texnologiyalar” va "Telestudiya tizimlari va ilovalari” ixtisosliklari bo‘yicha tahsil olmoqda.
Foto va video ishlanmalar ko‘rik tanlovini o‘tkazishning asosiy maqsadi Televizion texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy faoliyatini keng rag‘batlantirish, o‘zaro tajribalar almashish, kasbiy mahoratini yanada mustahkamlashni ko‘maklashishdan iboradir.
Tanlovda universitetning talabalari tomonidan tayyorlangan 110 ta foto va 40 ta video ishlanmalar namoyish etildi.
Tanlovda iqtidorli talabalardan A.Sharipovning "Xayollar og‘ushida” (V mire fantaziy)”, K.Alimovning "O‘zbek jang san’ati”, S.Najmiddinovning "Cho‘pon hayoti”, N.Nurullaxo‘jayevning "Aloqa tarixi muzeyi” nomli qisqa metrajli videolavhalari hamda Sh.Joldasov, X.Qurbanov, A.Abdusamatov, A.Qulmamatov, B.Naimov, Sh.Alimov va M. Abduraxmonovlarning ko‘plab foto ishlanmalari ishtirokchilar qiziqishini ortirdi.
Tadbirni universitetning Ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha prorektori va "Televizion texnologiyalari” fakulteti dekani ochib berdi.

 

TATUuda foto va video ishlanmalar kurgazmasi

 

TATUuda foto va video ishlanmalar kurgazmasi