Joriy yilning 23 – 25 mart kunlari
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Televizion texnologiyalari”
fakultetining iqtidorli talabalari o‘rtasida "Mening Vatanim, mening shahrim,
mening universitetim” foto va video ishlanmalar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 25 dekabrdagi
335-son buyrug‘i bilan amalga kiritilgan dastur doirasida tashkil etildi.
Bugungi kunda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Televizion
texnologiyalari” fakultetida 600 ga yaqin talabalar "Televizion texnologiyalar”
ta’lim yo‘nalishining "Audiovizual texnologiyalar” va "Telestudiya tizimlari va
ilovalari” ixtisosliklari bo‘yicha tahsil olmoqda.
Foto va video ishlanmalar ko‘rik tanlovini o‘tkazishning asosiy maqsadi
Televizion texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning
ijodiy faoliyatini keng rag‘batlantirish, o‘zaro tajribalar almashish, kasbiy
mahoratini yanada mustahkamlashni ko‘maklashishdan iboradir.
Tanlovda universitetning talabalari tomonidan tayyorlangan 110 ta foto va 40 ta
video ishlanmalar namoyish etildi.
Tanlovda iqtidorli talabalardan A.Sharipovning "Xayollar og‘ushida” (V mire
fantaziy)”, K.Alimovning "O‘zbek jang san’ati”, S.Najmiddinovning "Cho‘pon
hayoti”, N.Nurullaxo‘jayevning "Aloqa tarixi muzeyi” nomli qisqa metrajli
videolavhalari hamda Sh.Joldasov, X.Qurbanov, A.Abdusamatov, A.Qulmamatov,
B.Naimov, Sh.Alimov va M. Abduraxmonovlarning ko‘plab foto ishlanmalari
ishtirokchilar qiziqishini ortirdi.
Tadbirni universitetning Ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha
prorektori va "Televizion texnologiyalari” fakulteti dekani ochib berdi.