Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnologik universitet rahbarlari, xususan, xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Mayevskaya IrinaMixaylovna, multimediya fakulteti dekani Ladosha Yevgeniy Nikolayevich hamda Innopolis universiteti direktori Kirill Semenixin dan iborat delegatsiyasi 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
TATU rektori bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar oliy ta’lim muassasalar to‘g‘risda qisqa ma’lumot bilan almashishdi. Shuningdek, uchrashuv jarayonida birgalikda ilmiy-tadqiqot va o‘quv faoliyatga doir ishlarni amalga oshirish maqsadida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar almashish, birgalikda loyihalar bajarish, seminarlar, simpoziumlar tashkil qilish, yozgi maktablarda ilmiy va texnik sohalarda tahsil olish kabi ikki tomon uchun ham dolzarb bo‘lgan masalar yuzasidan fikr almashildi. Bundan tashqari, mehmonlar O‘zbekiston-Koreya axborot texnologiyalari markazi, Internet Plaza, videokonferensiya aloqasi o‘quv sinfi, axborot-resurs markazi, multimedia texnologiyalari, O‘quv media-markaz, HAINA va SAMSUNG laboratoriyalari faoliyati bilan tanishtirildi.