
Bugun, 17-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Ismoilzod Hakim boschiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida delegatsiya a’zolariga universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari, Media markaz, Inkubatsiya markazi va Oliy muhandislik maktabi tarkibiga kiruvchi, hamkor soha korxonalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashkil etilgan uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, Tojikistonda TATUning filialini tashkil etilsh, sun’iy intellekt sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijalari bilan almashish hamda kadrlar amlashinuvi masalalari muhokama etildi.
Tojikiston va Oʻzbekiston ikki mustaqil davlat sifatida turli chegara hududiga ega boʻlishiga qaramay, azaldan ularni bogʻlab turuvchi umumiy jihatlari bisyor. Ming yillar mobaynida ikki davlat vakillari yonma-yon, hamjihatlikda umr kechirib kelmoqdalar. Bugungi kunda, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi oʻsish surʼatini namoyon etmoqda. Ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida universitetingiz vakillarini Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetiga taklif etamiz!, dedi Ismoilzod Xakim
m