💬 Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ta’lim integratsiyasi bilan bog‘liq hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, akademik mobillik hamda ilmiy yo‘nalishlarda faol mexanizmga asosan faoliyat olib borish, shuningdek, "Biznes analitika va moliyaviy rivojlantirish" ta’lim yo‘nalishida 2+2 dasturini yo‘lga qo‘yish, magistraturada 1+1 dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🗒 Ma’lumot uchun: 2015-yil 8-iyulda e’lon qilingan “QS University Rankings: BRICS (BRICS Countries of Best Universities)” tadqiqotiga ko‘ra, Perm davlat milliy tadqiqot universiteti Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida bir qator oliy ta’lim muassasalarini ortda qoldirib, 24-o‘rinni egallagan.
2015 yilda universitet Moskva jurnalining "Afisha" reytingida "Rossiyaning 38 ta eng yaxshi universiteti - Moskva va Sankt-Peterburgdan tashqari" 34-o‘rinni egalladi. U namunali kampusi bilan ijtimoiy fanlar bo‘yicha mamlakatdagi eng yaxshi universitetlardan biri deb topildi.