Joriy yilning 19-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga AQSHning Binghamton Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad- TATU va Binghamton universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, universitetlar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi.
Tashrifning birinchi kunida Binghamton Universiteti delegatsiya a’zolariga TATUning Kompyuter injiniringi fakultetlari faoliyati, undagi mavjud laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida Binghamton Universiteti “Computer Science” fakulteti dekani, professor Weiyi Menguniversitetning ilmiy laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan loyihalar va fakultetlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi, shuningdek, hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qilindi va TATU yosh olimlari bilan suhbat tashkil etildi.
Shundan so‘ng, TATU Kompyuter injiniringi fakultetida tashkil etilgan "Nutq singallarini qayta ishlash" laboratoriyasiga tashrif buyurdi hamda professor M.Musayev tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbek nutqini tahlil qilish va sintez qilish vazifalarini bajaradigan nutq texnologiyalari” fundamental dasturiy mahsulotlari haqida o‘zaro fikr almashildi.
Bundan tashqari Binghamton universiteti Xalqaro ta’lim va global ishlar bo‘yicha prorektori Madhusudhan Govindaraju tomonidan TATUda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistratura talabalari uchun Binghamton universiteti tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturlari bilan yaqindan tanishtirdi.