
Kuni kecha Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) vakillari — Farid Nakhli (dastur koordinatori) va Konstantin Savin (ekspert) universitetimizga tashrif buyurdi.
🔎 Tashrif davomida mehmonlar dastlab universitetning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🤝Shundan so‘ng tomonlar bir qator hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, TATUning ITU a’zoligiga yaqinlashuvi va to‘laqonli a’zo bo‘lish imkoniyatlari, TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ITU tomonidan tashkil etilayotgan tanlovlar, stipendiya dasturlari va standartlashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, ITUning raqamli bilim, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barqaror rivojlantirishdagi asosiy vazifalari bo‘yicha hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
🗒 ITU – ta’lim orqali innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida global standartlarni belgilovchi yetakchi tashkilotdir.