TATUda tyutorlar uchun psixologik seminar tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda tyutorlar uchun psixologik seminar tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy rivojlanish bo‘limi tomonidan “Talabalar bilan muloqot o‘rnatishdagi psixologik determinantlar” mavzusida maxsus psixologik seminar tashkil etildi.

Seminar davomida talabalar bilan samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda:
• empatik tinglash;
• refleksiv yondashuv;
• universitet muhitiga psixologik adaptatsiya jarayonida yuzaga keladigan ichki va tashqi psixologik to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirga taklif etilgan mehmon — psixologiya fanlari nomzodi, professor N. Shomuradova tomonidan mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy asoslangan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, real pedagogik va psixologik vaziyatlar (keyslar) misolida tyutorlik faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan psixologik yondashuvlar hamda konstruktiv muloqot strategiyalari atroflicha yoritib berildi.

Mazkur seminar tyutorlarning kasbiy-psixologik kompetensiyalarini, kommunikativ madaniyatini, psixologik sezgirligi va kasbiy refleksiyasini rivojlantirishga xizmat qilib, universitetda sog‘lom va samarali psixologik muloqot muhitini mustahkamlashga qaratildi.