TATUda talabalar o‘rtasida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etiladi.

  • Asosiy
  • TATUda talabalar o‘rtasida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etiladi.

Loyiha mehmonlari sevimli adiblarimiz: Nuriddin Aminjon, Chorsham Ro‘ziyev hamda Muhiddin Omon.
Talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, talabalar teatr studiyasi tomonidan adiblar hayoti yoki asarlari bilan bog‘liq spektakl sahnalashtirish, adiblar hayoti yoki ijodi bilan bog‘liq film namoyish etish, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina tashkil etish va adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini va “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazish, “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish, talabalar turar joyida adiblar bilan talabalar davra suhbati hamda adiblar bilan fotosessiya tashkil etish rejalashtirilgan.

Barcha talaba-yoshlarimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!