23 mart kuni
TATUda "Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi
o‘tkazildi.
Ushbu tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning
faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama
sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat
siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi
davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar
bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy
bilimlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z
iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni
rag‘batlantirish maqsadida respublika miqiyosida an’anaviy tarzda tashkil
etilib kelinmoqda. Bu albatta talaba-yoshlarning faolligini yanada oshirishga
xizmat qilmoqda.
Tanlovda Kompyuter injinering fakultetining "Vatanparvar”, Dasturiy injinering
fakultetining "Feniks”, AKT sohasida iqtisod va menejment fakultetining
"STATUS”, AKT sohasida Kasbiy ta’lim fakultetining "Femina” hamda
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining "Intellektual” jamoalari
ishtirok etdilar.
Umumiy hisobda 81 ball bilan "Status” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib,
keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.