TATUda “TAFAKKUR SINOVLARI”

23 mart kuni TATUda "Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida respublika miqiyosida an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinmoqda. Bu albatta talaba-yoshlarning faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Tanlovda Kompyuter injinering fakultetining "Vatanparvar”, Dasturiy injinering fakultetining "Feniks”, AKT sohasida iqtisod va menejment fakultetining "STATUS”, AKT sohasida Kasbiy ta’lim fakultetining "Femina” hamda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining "Intellektual” jamoalari ishtirok etdilar.
Umumiy hisobda 81 ball bilan "Status” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

TATUda “TAFAKKUR SINOVLARI”

 

TATUda “TAFAKKUR SINOVLARI”

 

TATUda “TAFAKKUR SINOVLARI”

 

TATUda “TAFAKKUR SINOVLARI”