TATUda “Sog`lom avlod uchun” kubogi IV Respublika sport festivaliga mezbonlik qildi.

  • Asosiy
  • TATUda “Sog`lom avlod uchun” kubogi IV Respublika sport festivaliga mezbonlik qildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti da "Sog`lom avlod uchun” kubogi  IV Respublika sport festivaliga mezbonlik qildi.

Poytaxtimizda  8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni” ga bag`ishlab o`quvchi-yoshlar o`rtasida  "Nafosat olami ” shiori ostida "Sog`lom avlod uchun”  kubogi  IV Respublika  sport  festivali o`tkazildi.

 

Mazkur festival "Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi  Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, shuningdek, bir qator tashkilotlar, xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etildi. Festivalda 1999-2008-yillarda tug`ilgan jami 300 nafardan ortiq o`smir qizlar va bolalar o`z yosh toifalarida ishtirok etishdi.

 

Ushbu sport festivalini o`tkazishdan maqsad:

-         Sport salomatlik garovi ekanligini yoslarga yetkazish;

-         Yurtimizda bolalar va o`smirlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berish;

-         Turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb qilish;

-         Yoshlarni jismonan baquvvat, barkamol va sog`lom bo`lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobilyatini o`sishiga yordam berish.

Festivalning sport raqsi bahslariga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mezbonlik qildi. Maksim Makarov, Laziza Qo`chqorova, Alisher Raimjonov, Kamila Mirzaahmedova, Yuliya Legay, Vladislav Pak, Angelina Yagfarova, Dimitriy Lilar  shohsupaning yuqori o`rinlarini egallashdi. Turnir g`oliblari tashkilotchilar tomonidan  diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 Shu o`rinda aytish kerakki, ushbu musobaqa o`tgan yili ham Toshkent axborot texnologiyalari universitetiti sport majmuasida o`tkazilgan edi.

 

TATU talabasi

Akmal Alimardonov