Toshkent axborot texnologiyalari universiteti da "Sog`lom avlod uchun” kubogi IV Respublika sport festivaliga mezbonlik qildi.
Poytaxtimizda 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni” ga bag`ishlab o`quvchi-yoshlar o`rtasida "Nafosat olami ” shiori ostida "Sog`lom avlod uchun” kubogi IV Respublika sport festivali o`tkazildi.
Mazkur festival "Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, shuningdek, bir qator tashkilotlar, xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etildi. Festivalda 1999-2008-yillarda tug`ilgan jami 300 nafardan ortiq o`smir qizlar va bolalar o`z yosh toifalarida ishtirok etishdi.
Ushbu sport festivalini o`tkazishdan maqsad:
- Sport salomatlik garovi ekanligini yoslarga yetkazish;
- Yurtimizda bolalar va o`smirlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berish;
- Turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb qilish;
- Yoshlarni jismonan baquvvat, barkamol va sog`lom bo`lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobilyatini o`sishiga yordam berish.
Festivalning sport raqsi bahslariga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mezbonlik qildi. Maksim Makarov, Laziza Qo`chqorova, Alisher Raimjonov, Kamila Mirzaahmedova, Yuliya Legay, Vladislav Pak, Angelina Yagfarova, Dimitriy Lilar shohsupaning yuqori o`rinlarini egallashdi. Turnir g`oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Shu o`rinda aytish kerakki, ushbu musobaqa o`tgan yili ham Toshkent axborot texnologiyalari universitetiti sport majmuasida o`tkazilgan edi.
TATU talabasi
Akmal Alimardonov