TATUda “SABRIYA” workshop’i bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda “SABRIYA” workshop’i bo‘lib o‘tdi

TATUda “SABRIYA” workshop’i bo‘lib o‘tdi

13-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida IT Park Uzbekistan ko‘magida “SABRIYA” workshop’i tashkil etildi.

Tadbir Inklyuziv loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish departamenti tomonidan o‘tkazilib, unda yoshlar va ishtirokchilar uchun IT, raqamli ko‘nikmalar hamda motivatsion sessiyalar tashkil qilindi.

🎤 Workshop davomida sertifikatlangan mutaxassis Rozmetova Nasiba Bazarbayevna ishtirok etib, foydali bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

🎁 Tadbir doirasida ishtirokchilar IT va tadbirkorlik yo‘nalishidagi biznes g‘oyalarini ham taqdim etdi. Yakuniy saralash natijasiga ko‘ra, eng yaxshi 3 ta loyiha mualliflari IT Park Uzbekistan’ning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🤝 Workshop interaktiv muhitda o‘tib, ishtirokchilar uchun networking va ochiq muloqot maydoniga aylandi.

🖥 Batafsil ma’lumot uchun maqolani to‘liq o‘qing : it-park.uz