

Bugun, 10-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Raqamli ta’lim: metodologiya, texnologiya va innovatsiyalar” (ICDEMTI 2026) xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.
Konferensiyada O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar ishtirok etib, raqamli ta’limning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Yalpi majlisda quyidagi muhim mavzular muhokama qilindi:
▫️ Generativ sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari, xavflari va boshqaruv mexanizmlari;
▫️ Raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar;
▫️ O‘zbekistonda oliy ta’lim siyosati va raqamli tafovut masalalari;
▫️ Sun’iy intellekt sohasidagi savodxonlik hamda uni baholash metodologiyalari.
Konferensiya doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlarida raqamli ta’lim metodologiyasi, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglanib, keng qamrovli muhokamalar olib borildi.
Mazkur konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda raqamli ta’limni rivojlantirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.