Yalpi majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Tashev kirish nutqi bilan konferensiyani ochib berdi.
Bunda:
➖ Raqamli transformatsiya boʻyicha konsultant Aziz Muxiddinov “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirishni rivojlantirish istiqbollari”;
➖ Raqamli konvergensiya kafedrasi professori Maxsadxon Yakubov “Raqamli jamiyatni shakllantirish jarayonida davlat boshqaruvi tuzilmasini modernizatsiya qilish”;
➖ Raqamli texnologiyalar boʻyicha professor Jeongyong Byun “Koreys va o‘zbek alifbosini ikki tomonlama kodlashtirish” nomli ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
📝 Ma’ruzalar informativ, qiziqarli va savol javoblarga boy boʻldi. Bunda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
📝 Xalqaro konferensiyaga 150dan ortiq maqolalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 74tasi qabul qilindi.