TATUda psixologik–estetik ruhdagi tadbir tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda psixologik–estetik ruhdagi tadbir tashkil etildi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitetning Psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy rivojlanish bo‘limi tomonidan psixolog-stilist, imijmeyker konsultant hamkorligida talaba qizlar uchun “Go‘zallik va ruhiyat uyg‘unligi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

 Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
 Go‘zallik va ruhiyat uyg‘unligi tushunchasi;
 Tashqi ko‘rinish va ichki holat o‘rtasidagi bog‘liqlik;
 “Imij — bu niqobmi yoki haqiqiy Men?” savoliga psixologik yondashuv;
 O‘zini qabul qilish va autentiklik;
 Jamiyat kutgan obraz va shaxsiy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanat.

 Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, imij faqat tashqi ko‘rinish emas, balki insonning ichki qadriyatlari, o‘ziga bo‘lgan munosabati va ruhiy holatining aks-sadosi ekanini alohida ta’kidladilar.

 Tadbir talaba qizlarga o‘zini chuqurroq anglash, o‘zligini qabul qilish hamda shaxsiy uslub orqali o‘z “Men”ini erkin ifoda etish borasida motivatsiya berdi.

 Ichki uyg‘unlik — haqiqiy go‘zallikning mustahkam asosi ekani yana bir bor e’tirof etildi.