TATUda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

  • Asosiy
  • TATUda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod vatanparvarlik ruhidagi she’rini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti jamoalarining orkestr hamda kursantlarning harbiy-jangavor chiqishlari namoyish etildi.

🏅 Tadbir davomida Xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashda, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan samarali mehnati uchun universitet faxriy xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.