Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida 5 fevral kuni TATUda "Internetdagi tahdidlar”
kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda internet ayrim "shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgani
masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish
uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday
qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. Bularning o‘rnini ommaviy axborot
vositalari, ayniqsa, internet egallayapti. Shundan ko‘rinadiki, hozir biror
xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini
zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida "Arab bahori” bo‘hronlari yoki
Yevropaning ayrim hududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin.
Kitobda internatdagi ko‘z ilg‘amas, kishi bilmas
g‘oyaviy hamlalar aniq misollar bilan fosh etilgan. Shuningdek, har bir illatga
qarshi turish uchun ajdodlar merosidan o‘g‘itlar keltirilgan, islom dini
ko‘rsatmalari dalillar asosida batafsil yoritilgan.
Taqdimotda Toshkent Islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov, Toshkent shaxar
Shayxontoxur tumani bosh imom xatibi Odilxon Ismoilov, O‘zbekiston Musulmonlar
idorasi mutaxassisi Ilxomjon Ma’murov, Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-qizlar
qo‘mitasi raisi Lola Abduqodirovalar ishtirok etdilar. Taqdimot davomida
Toshkent Islom instituti talabalari tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish
etildi.
Kitob talabalarda vayronkor g‘oyalarga qarshi ma’naviy kuch paydo qilishda juda
qo‘l keladi.
Tadbirda TATU rektori H.A. Muxitdinov, prorektorlar, fakultetlar dekanlari
hamda 400 nafar talabalar ishtirok etdilar.