TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 5 fevral kuni TATUda "Internetdagi tahdidlar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda internet ayrim "shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgani masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. Bularning o‘rnini ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet egallayapti. Shundan ko‘rinadiki, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida "Arab bahori” bo‘hronlari yoki Yevropaning ayrim hududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin.
Kitobda internatdagi ko‘z ilg‘amas, kishi bilmas g‘oyaviy hamlalar aniq misollar bilan fosh etilgan. Shuningdek, har bir illatga qarshi turish uchun ajdodlar merosidan o‘g‘itlar keltirilgan, islom dini ko‘rsatmalari dalillar asosida batafsil yoritilgan.
Taqdimotda Toshkent Islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov, Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani bosh imom xatibi Odilxon Ismoilov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi mutaxassisi Ilxomjon Ma’murov, Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Lola Abduqodirovalar ishtirok etdilar. Taqdimot davomida Toshkent Islom instituti talabalari tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Kitob talabalarda vayronkor g‘oyalarga qarshi ma’naviy kuch paydo qilishda juda qo‘l keladi.
Tadbirda TATU rektori H.A. Muxitdinov, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda 400 nafar talabalar ishtirok etdilar.

TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti

 

TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti

 

TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti

 

TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti

 

TATUda “Internetdagi tahdidlar” kitobi taqdimoti