TATUda ilmiy seminar va hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda

  • Asosiy
  • TATUda ilmiy seminar va hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda

🏛2025-yil 29-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy-texnikaviy kompetentsiya va o‘zaro hamkorlik markazi” direktori, t.f.n., dotsent A.O. Nijgorodov ishtirok etib, “Aloqa operatorlarida tolali optik aloqa liniyalarining ishonchliligini monitoring qiluvchi axborot platformasi” mavzusida ma’ruza qildi.

💬Unda quyidagi masalalar yoritildi:
⏺ raqamli monitoring loyihasini amalga oshirish bosqichlari;
⏺ raqamli platformani joriy etishning iqtisodiy samaradorligi;
⏺ tarmoq ishonchliligini ta’minlashdagi o‘rni.

🗣Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zTTBRM” DUK mutaxassislari hamda magistrantlar faol ishtirok etishdi. Muloqotlar, savol-javoblar va tajriba almashuvlar tadbirni ilmiy-amaliy jihatdan samarali qildi.

📆Shuningdek, seminar doirasida 2025-yil aprel oyida qabul qilingan hamkorlik qarorlariga muvofiq o‘quv adabiyotlari universitet kutubxonasi fondiga topshirildi.

👉Mazkur tashabbuslar kelgusida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasining ilmiy izlanishlari va ta’lim jarayonini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.