Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari “Birinchi kurs maktabi” (Orientation week) haftaligi tashkil etilgan. Ushbu haftalik doirasida 13-sentyabr kuni katta faollar zalida Kiberxavfsizlik fakultetiga qabul qilingan “Kiberxavfsizlik injiniringi” va “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari uchun soha haqida boshlang‘ich ma’lumotlar va tushuntirishlar olib borish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
✅ Ushbu uchrashuvda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi Safarov Samandar va fakultet a’zolari ishtirok etib sohadagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar, shuningdek kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashib, o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashishdi hamda Kiberxavfsizlik fakultetining yuqori bosqich iqtidorli talabalari hamda xorijdan kelgan talabalar so‘zga chiqib universitet haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv so‘ngida fakultet dekani barcha talabalarga omad tilab yaxshi o‘qishlarini, kelajakda yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun universitet va fakultet tomonidan barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.