TATUda AWS Academy bo‘yicha uchrashuv va master-klass

  • Asosiy
  • TATUda AWS Academy bo‘yicha uchrashuv va master-klass



24-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amazon Web Services (AWS) vakili, AWS Academy bo‘yicha APAC va MENA mintaqalari rahbari (Singapur) Shin Teo tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon universitetning zamonaviy infratuzilmasi, jumladan, Fab Lab va Media markazi, shuningdek, ta’lim va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, TATU professor-o‘qituvchilari uchun AWS Academy yo‘nalishida maxsus master-klass tashkil etildi. Unda bulutli texnologiyalar, AWS ekotizimi, zamonaviy IT ko‘nikmalari hamda AWS Academy dasturining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv professor-o‘qituvchilarning xalqaro texnologik kompaniya vakillari bilan tajriba almashishi va AWS Academy doirasidagi yangi ta’lim imkoniyatlari bilan tanishishi uchun muhim platforma bo‘ldi.