

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Zarafshon fakultetida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Zarafshon shahar hokimi yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bugungi kunda dunyo maydonida yuz berayotgan voqealar haqida to‘xtalib, yoshlar ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shishlari zarurligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvning ikkinchi qismi hokim va yoshlar o‘rtasida erkin muloqot tarzida o‘tdi. Unda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalarni hokim atroflicha o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, TATU Zarafshon fakultetida 2026/27-o‘quv yilidan boshlab kunduzgi ta’lim shaklida “Sun’iy intellekt” va “Kiberxavfsizlik” yo‘nalishlari bo‘yicha qabul rejalashtirilgan.