


TATU yoshlari - xalqaro festival gʻoliblari
📅 Toshkent shahrida 28–30-aprel kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yosh muhandislar va innovatorlar uchun muhim maydonga aylandi.
⚙️ Festival doirasida ilg‘or muhandislik yechimlari va innovatsion ishlanmalar namoyish etildi, eng yaxshi ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
TATU talaba-yoshlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:
🥇 Chip design — “ChipSet” jamoasi 1-o‘rin
• Jamoa sardori: To‘rayev Xurshid
🥇 Robo coders:
• Miroqilov Davlatbek — 1-o‘rin
• Rahmiddinov Ravshan — 3-o‘rin
🥈 Drone racing:
• Murotboyev Otajon — 2-o‘rin
🥇 Xalqaro dron racing (SHOS) musobaqasida — TATU “FastDrones” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoa sardori Ismoilov Bilol Rossiya jamoasini 3 soniya farq bilan ortda qoldirib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi
👥 Jamoa a’zolari:
• Ismoilov Biloliddin
• Murotboyev Otajon
• Boboqulov Asliddin
☑️ Shuningdek ushbu festival doirasidagi Robot Sopyor musobaqasida “Eng yaxshi innovatsion ishlanma” sifatida universitetimiz jamoasining TUIT Robotics jamoasi sertifikat bilan taqdirlandi.
🚀 Ushbu natijalar TATUda muhandislik va innovatsion yo‘nalishlarda olib borilayotgan tizimli ishlar samarasi ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
👏 G‘olib va sovrindorlarimizni tabriklaymiz