Joriy yil 27 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Oliy taʼlim Kengashi hamda Rossiya Federatsiyasi fan va taʼlim vazirligi, Rossiya rektorlar Kengashi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tashabbusi bilan «Oʼzbekiston va Rossiya yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining Xududlararo onlayn konferentsiyasi» oʼtkazildi. Ushbu nufuzli onlayn koferensiyada TATU rahbariyati hamda xodimlari ham ishtirok etishdi.
Konferentsiya davomida Oʼzbekiston hamda Rossiya vazirlik va idoralari tomonidan Toshkentda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti filiali, Sankt-Peterburg konchilik universitetining Boshlangʼich muhandislik tayyorgarligi markazi va Toshkentdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filialini, shuningdek «Stankin» nomidagi Moskva davlat texnologiyalar universitetining Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda Rossiya-Oʼzbekiston ilmiy-texnologik oʼquv markazini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.
Аnjuman dasturi doirasida Rossiya va Oʼzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʼzaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan ochiq muloqot jarayonida oʼzaro fikr almashdilar.