TATU va Xitoy Shinjon moliya va iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

  • Asosiy
  • TATU va Xitoy Shinjon moliya va iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yilning 20-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot - texnologiyalari universitetiga Xitoyning Shinjon moliya va iqtisodiyot universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetning ilmiy-texnik bazasi, Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi loyiha va qurilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuvda axborot texnologiyalari va iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda hamkorlik qilish, bakalavr darajasida raqamli texnologiyalar, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturini ochish imkoniyatlari muhokama etildi.

Uchrashuv so‘ngida akademik kadrlar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha ikki universitetning rasmiy hamkorligini boshlab beruvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.