![]() |
![]() |

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026” haftaligi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida telekommunikatsiyalarni tartibga solish samaradorligini oshirish, IT va mobil xizmatlar sifatini yaxshilash, normativ-huquqiy va normativ-texnik bazani takomillashtirish, raqamlashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, telekommunikatsiya tarmoqlari monitoringi, raqamli markirovkalash, axborot-tahliliy tizimlar va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, dual ta’limni rivojlantirish, TATU talabalari, magistrantlari va professor-o‘qituvchilarini sohaviy loyihalarga jalb etish, shuningdek, seminar, trening va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

