TATU va Ombudsman o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

  • Asosiy
  • TATU va Ombudsman o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 77 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) binosida “O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi: o‘zaro uyg‘unlik va muvofiqlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida TATU va Ombudsman o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu hujjat inson huquqlari sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, talabalar huquqiy madaniyatini oshirish, “Inson huquqlari maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.

🎓 Anjumanda TATU rektori, prof. B.Maxkamov, shuningdek Ombudsman devoni xodimlari ishtirok etib, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning dolzarb jihatlari, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi masalalarni muhokama qildilar.

✅ Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va huquqiy sohada yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.