Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOOKMIN universiteti o'rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOOKMIN universiteti o'rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOOKMIN universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti prezidenti Hong Jae Yim universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasizdan Anglashuv Memorandumi imzoladilar.

✅Unga ko‘ra universitetlar o‘rtasida turli darajadagi almashinuvlar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishda hamkorlik chora-tadbirlari amalga oshirishiga rasman kelishildi.