TATU va Germaniya Vürzburg-Shvaynfurt amaliy fanlar texnik universiteti (THWS) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

  • Asosiy
  • TATU va Germaniya Vürzburg-Shvaynfurt amaliy fanlar texnik universiteti (THWS) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Sultanov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Vurzburg-Shvaynfurt amaliy fanlar texnik universiteti (THWS)ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitetning zamonaviy infratuzilmasi, faoliyat yuritayotgan laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuvda axborot texnologiyalari sohasida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ularning soha korxonalari ehtiyoji va talablari asosida shakllantirish tajribasi, hamda talabalarning o‘quv-ilmiy faoliyatlari bo‘yicha atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni bajarish masalalari yuzasidan fikr almashinildi.

 Uchrashuv nihoyasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik kadrlar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar olib borish va malakali mutaxassislar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.