
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov ayni kunlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tayotgan “Olimpiya ruhi - Ilhom manbai, Paralimpiya - Cheksiz iroda!” shiori ostidagi “Sog‘lom inson - sog‘lom millat – Urganch 2025” forumi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilgani, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuvda rektor bugungi kunda ta’lim va tarbiyaga qaratilayotgan e’tibor va islohotlarning samarali natijalari, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir yosh o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishga intilishi lozimligini ta’kidlab, o‘quv, ilmiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog‘liq bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Muloqot yakunida rektor talabalarning faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tinglandi. Bu borada ularga qancha yordam, koʻmak zarur boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.