2021-yil 16-yanvar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati" ni o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti rektori S.Babaxodjayev boshchiligida o‘tkazildi.
Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filiali dekan muovini G‘.Ahmedov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Saparboyev, filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Jumaniyozov "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati" ni keng aholiga yetkazish maqsadida maʼruza qildilar.
Tadbirni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti (fan nomzodi, PhD), guruh rahbari Boboyorov Bobomurod ochib berdi va birin-ketin maʼruzachilarga so‘z berdi.
Maʼruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentning 2020-yil 29-dekabrdagi Murojaatnomasida amalga oshirilgan ishlarga xolisona baho berilishi bilan, mamlakatimizning ravnaqi uchun, farovon hayotga erishish uchun qilinadigan ishlar belgilanganligi hamda ulkan va masʼuliyatli vazifalar orasida davlat boshqaruvini samaradorligini oshirishga alohida urg‘u berib o‘tdilar.
Murojaatnomada davlat boshqaruvining samaradorligiga urg‘u berildi va samaradorlikka to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablar hamda ularni bartaraf etishning yo‘llari belgilandi.
Davlat boshqaruvidagi muammolar sifatida vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashganligi, ularning vazifalari aniq belgilanmaganligi, shu sababli ular bir birini takrorlash holati mavjudligi, rahbarlar masalani hal qilishda tashabbus ko‘rsata olmasligi, rahbarlarning malakasi, qatʼiyati yetishmasligi yoki korrupsiyaga berilganligi, qonun hujjatlarini aholiga, masʼullarga yetkazish, ularga hujjat mohiyatini tushuntirish ishlarini yetarli emasligi kabi taqdimotlar asosida maʼruza qilindi.
TATU matbuot xizmati