TATU tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga bag‘ishlangan targ‘ibot ko‘rgazmasi Janubiy Koreyada yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

  • Asosiy
  • TATU tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga bag‘ishlangan targ‘ibot ko‘rgazmasi Janubiy Koreyada yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Koreya Respublikasining Kookmin universitetida “Nеw Uzbеkistan: from thе Silk Road to the Digital World” – O‘zbеkiston salohiyati ko‘rgazmasi TATU tomonidan tashkillashtirildi.

⏺Mazkur tadbir TATU rektori B.Maxkamov, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov va Kookmin universiteti prezidenti Sungkok Kim boshchiligida milliy ruhda ochib berildi. Tadbirda Koreya Respublikasining 30dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilot rahbarlari, UNESCOning Koreyadagi milliy ofisi vakillaridan iborat mehmonlar ishtirok etmoqdalar. Ushbu tadbirda yurtimizning zamonaviy salohiyatini har tomonlama ochib beruvchi ko‘rgazmali stendlar, chiqishlar, video materiallar namoyish etilmoqda. Qatnashchilar orasida do‘stona iliq kayfiyat hukm surib, o‘zbek urf odatlariga, O‘zbekiston tarixiga, tabiatiga, milliy taomlariga, madaniy merosiga katta qiziqish bildirilmoqda.