
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Yaponiyaning Shibaura texnologiya instituti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasidagi xalqaro talabalar almashinuv dasturi asosida, Dasturiy injiniring fakulteti 3-bosqich talabasi Pulatov Sherzod Azatovich 4 oy davomida Yaponiyada tahsil olmoqda.
Ushbu videorolikda iqtidorli talabamiz Yaponiyada chet ellik talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni va talabalik hayotidagi yorqin onlar bilan o‘rtoqlashdi.
Xalqaro imkoniyatlar sizni ham qiziqtiradimi?
Unda TATUning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring va shunday dasturlarda ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiling:
Vebsayt: Global-tuit.uz
Telegram https://t.me/tuit_international
Email: Interdep@tuit.uz